SSKA bosh murabbiyi Chalovni top-5 chempionatiga qo'yib yuborishga qarshi emas

24 iyun 2019, 21:55
SSKA ustozi Viktor Goncharenko hujumchi Fyodor Chalovning klubdan ketishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

"Muxlislar unga klubdan ketishni maslahat berishmoqda? Bu normal holat. Chalov – aqlli yigit, u hammasini tushunib turibdi. Siz uni boshqa klublardan takliflar kelishini kutib o'tiribdi deb o'ylaysiz. Ammo Chalov hamma qatori yangi mavsum uchun tayyorgarlik ko'rmoqda. Yaxshi takliflar bo'lsa, uni qo'yib yuborishga qarshi emasmiz", - deydi Goncharenko.

Avvalroq, 21 yoshli hujumchiga "Sevilya", "Monako" va "Arsenal" klublaridan qiziqish bo'layotgandi. 

"Sevilya", "Monako" va "Arsenal" rossiyalik futbolchiga qiziqmoqda 


O'xshash yangiliklar


Manba: russian.rt.com