

Empoliga qarshi uchrashuvda bir nechta vaziyatlardan foydalana olmaganiga qaramasdan Eldor yaxshi jismoniy holatda. Shuningdek, hujumchi Atletikka qarshi kechgan birinchi uchrashuvda yaxshi harakat qildi va jamoasining g'alaba golini kiritdi.
Bundan tashqari, Eldor nafaqat hujumda balki himoyada ham jamoasiga ancha foyda keltiradi. Bu ustunliklari bo'lajak bahsda Eldorni asosiy tarkibda tushishi uchun muhim omillar bo'ladi, - deb fikr bildirilgan xabarda.
Eslatib o'tamiz, Atletik - Roma uchrashuvi Toshkent vaqti bilan tunda soat 22:45 da start oladi. Birinchi bahsda rimliklar 2:1 hisobida g'alaba qozonishgan.



