Chuameni: "Mbappe – dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Keyingi o'yinda buni isbotlashini istayman"

Sherzod Nurmatov
15 dek 2022, 16:29
Orelen Chuameni Kilian Mbappeni dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb biladi.

Kecha Fransiya terma jamoasi JCH-2022 yarim finalida Marokashni mag'lub etdi (2:0). Dide Desham shogirdlari yakshanba kuni finalda Argentinaga qarshi bahs olib borishadi.



"Biz yana finalga chiqqanimizdan juda xursandmiz. Endi Argentinaga qarshi o'ynaymiz. Barcha finallar qoyilmaqom o'tadi, lekin Messiga qarshi bundan ham yaxshiroq bo'ladi, chunki u ajoyib o'yinchi. Maqsadimiz – tiklanish va yakshanba kungi o'yinga tayyorgarlik ko'rish.

Men uchun Mbappe dunyoning eng yaxshi futbolchisi va keyingi o'yinda buni isbotlashini istayman.

Messiga qarshi o'ynash juda qiyin. Biz uni to'xtatish rejasini tayyorlaymiz. Messi ajoyib o'yinchi, lekin ularning jamoasida boshqa ko'plab yaxshi o'yinchilar bor", – dedi "Real" va Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca