"Chonbuk Motors" Chempionlar ligasidan chetlashtirilishi mumkin

Narzulla Saydullayev
22 dek 2016, 15:59
OCHLning amaldagi g'olibi kelishilgan o'yinlarga aralashgani sababli Chempionlar ligasining kelasi mavsumida ishtirok etmasligi mumkin.

Reglamentda kelishilgan o'yinlarga aloqador klublar avtomatik ravishda bir yilga musobaqadan chetlatilishi belgilab qo'yilgan. "Chonbuk" esa o'tgan yili 2013 yilda turli qing'irliklarni amalga oshirishda ayblanib, "K" liga tomonidan jazoga tortilgandi. OFKning 5 nafar mustaqil mutaxassislardan iborat guruhi bu masalani ko'rib chiqadi.

USHbu guruh Sport Arbitraj Sudining maslahatiga binoan yangi tuzildi. Avvalroq OFK Kambodiyaning "Pnompen Kraun" klubini kelishilgan uchrashuvlarga aloqador bo'lgani uchun OFK Kubogidan chetlatgan va klubning apellyaciyasi SAS tomonidan ijobiy qabul qilingandi. Shu sababli bunday ishlarni endi mustaqil guruh ko'rib chiqadi.


"Chonbuk" 5-o'rin uchun bahsda "Mamelodi"ni yirik hisobda taslim etdi

VIDEO. "Chonbuk Xyunday Motors" OCHL-2016 chempioni

OCHL-2016. "Chonbuk Xyunday Motors" - chempion!

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia