Chilavert: "Messi Maradona, Pele va boshqalardan ancha kuchli"

Aslanov Jasurbek
11 fev 2015, 13:26
Paragvay terma jamoasi sobiq darvozaboni Xose Luis Chilavert futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi kim ekanligini aytdi.

Chilavertning hisoblashicha, Argentina terma jamoasi va "Barselona"ning hujumchisi Lionel Messi Diego Maradona, Pele kabi futbol afsonalaridan kuchliroq.

"Messi barcha futbolchilardan kuchliroq. Ikkinchi o'rinda Maradona, uchinchida esa Pele va Alfredo di Stefano. Beshinchi o'rinda Yoxan Kruiff, Zinedin Zidan va Pele" - deydi Chilavert.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com