Chempionlar ligasida ishtirok etadigan barcha jamoalar nomi ma'lum bo'ldi

30 avg 2018, 08:05
Kecha o'tkazilgan pley-offning javob bellashuvlaridan keyin YCHL guruh bosqichida qatnashuvchi barcha 32 jamoa nomi ma'lum bo'ldi.

Qur'adan oldin jamoalar to'rtta savatchada quyidagi tartibda joylashishgan.

Birinchi savatcha: Real (Ispaniya), Barselona (Ispaniya), Manchester Siti (Angliya), PSJ (Fransiya), Atletiko (Ispaniya), Bavariya (Germaniya), Yuventus (Italiya), Lokomotiv (Rossiya).

Ikkinchi savatcha: Borussiya D (Germaniya), Manchester Yunayted (Angliya), Benfika (Portugaliya), Tottenxem Xotspur (Angliya), Portu (Portugaliya), Shaxtyor (Ukraina), Napoli (Italiya), Roma (Italiya).

Uchinchi savatcha: Liverpul (Angliya), Lion (Fransiya), Valensiya (Ispaniya), SSKA (Rossiya), Shalke-04 (Germaniya), Monako (Monako), Ayaks (Gollandiya), PSV Eyndxoven (Gollandiya).

To'rtinchi savatcha: Crvena Zvezda (Serbiya), Bryugge (Belgiya), Yang Boyz (Shveytsariya), Xoffenxaym (Germaniya), Viktoriya Plzen (Chexiya), Galatasaray (Turkiya), Inter (Italiya), AEK (Gretsiya).

Qur'a tashlash marosimi bugun Monako shahrida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia