Chempionlar ligasi ishtirokchilari uchun 2 milliard evro ajratiladi

Aziz Tukhtamuradov
13 iyul 2022, 07:34
UEFA 2022/23 yilgi mavsum uchun Evrokuboklarga qancha pul ajratilishini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, umumiy hisobda 3,5 milliard evro turnirlarga ajratiladi. Ularning 465 millioni Yevropa ligasi, 235 millioni Konferenciyalar ligasi qatnashchilariga beriladi. 

Eng katta pullarni odatdagidek Chempionlar ligasi ishtirokchilari olishadi. Umumiy hisobda - 2,032 milliard evro. Saralashning so'nggi pley-off bosqichi ishtirokchilari 5 milliondan, guruh bosqichi qatnashchilari esa 15,64 million evrodan pul oladilar. Guruh bosqichidagi har bir g'alaba uchun 2,8 million, durang uchun esa 930 ming evro beriladi. 

Shuningdek: 

1/8 ga chiqish: 9,6 million evro

1/4 ga chiqish: 10,6 million evro

1/2 ga chiqish: 12,5 million evro

Finalchi: 15,5 million evro

G'olib esa shu pullarga qo'shimcha ravishda yana 4,5 million evroga ega bo'ladi. 

Shuningdek, UEFA superkubogi ishtirokchilariga 3,5 million evrodan beriladi. Ushbu bahs g'olibi esa qo'shimcha 1 million evroga ega bo'ladi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA