“Chelsi” zaxirasida qolib ketayotgan Jiru Fransiya termasida gol urishda davom etmoqda

15 noya 2019, 08:58
Fransiya termasi Evro-2020 saralashi doirasida Moldovani 2:1 hisobida engdi.

Uchrashuvda francuzlarning bitta goliga Olive Jiru mualliflik qildi. Bu Jiru uchun terma jamoa safida ketma-ket uchinchi o'yindagi goli bo'ldi. Olive mamlakat bosh jamoasidagi so'nggi 10 ta o'yinida 7 ta gol urishga erishdi.

Qayd etish joiz, Jiru “Chelsi”da zaxirada qolib ketayotganidan norozi va u yanvardayoq klubni tark etmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta