"Chelsi" yaqin soatlarda Eduard Mendining transferini e'lon qiladi

Alisher
11 sen 2020
"Renn" darvozaboni Eduard Mendi Londonning "Chelsi" klubiga o'tishga yaqin.

Darvozabon bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishildi. 28 yoshli senegallik futbolchining o'zi "ko'klar" safiga o'tishni xohlagan.

Tomonlar kelishuvga erishishga yaqinlar va bitim tez orada yakunlanadi. Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda.

Mendi joriy mavsumda bitta o'yinda maydonga tushdi va o'sha o'yinda darvozasidan 1ta to'p olib chiqdi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano