"Chelsi" yangi shartnoma borasida Azar bilan muzokara o'tkazmoqchi

Aslanov Jasurbek
1 mar 2019, 14:15
"Chelsi" rahbariyati yaqin vaqt ichida jamoa yarim himoyachisi Eden Azar bilan muzokaralar o'tkazmoqchi.

Poytaxt klubi "Real" qiziqayotgan belgiyalik bilan shartnomani uzaytirishga umid qilmoqda.

Azarning "Chelsi" bilan amaldagi kelishuvi 2020 yilning yozida yakuniga etadi. Oldinroq, futbolchi bir necha marta klubning taklifini rad etgan edi.

Bir necha kun oldin FIFA "Chelsi"ga ikki transfer oynasida yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishni taqiqlagan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun