"Chelsi" va "Everton" PSJ hujumchisiga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
20 sen 2017, 19:45
"Chelsi" va "Everton" PSJ forvardi Edinson Kavaniga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, hujumchi Parij klubidagi holatidan kelib chiqib, jamoani tark etish haqida o'ylab qolishi mumkin.

PSJ hamda "Lion" o'rtasidagi Fransiya chempionatining 6-tur uchrashuvida Kavani bir necha vaziyatda Neymar bilan standartni talashib qoldi. Keyinroq bu ikki futbolchi kiyinish xonasida janjallashib qolgani e'lon qilingan edi. Boshqa nashrning xabar qilishicha, Neymar klub rahbariyatidan Kavanini sotib yuborishni so'ragan.

Kavaniga ikki ingliz klubidan tashqari "Napoli", "Yuventus", "Milan" va Dortmundning "Borussiya"si qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail