"Chelsi" Tiagu Silva bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda

Alisher
19 mar 2021, 16:34
"Chelsi" himoyachi Tiagu Silva bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Bu haqda taniqli insayder Fabricio Romano o'z tvitter sahifasida ma'lum qildi.

Klub yaqin kunlarda 36 yoshli braziliyalik futbolchi bilan yangi shartnomani e'lon qilishi mumkin.

"Chelsi" shuningdek himoyachi Fikayo Tomorini u ijarada o'ynayotgan "Milan" klubiga sotishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano