"Chelsi": "Terri bilan shartnoma uzaytirilishi mumkin"

Aslanov Jasurbek
1 fev 2016, 10:28
"Chelsi" matbuot-xizmati jamoa himoyachisi Jon Terrining yozda klubni tark etishi haqidagi so'zlariga izoh berdi.

"Terri - fantastik futbolchi va ajoyib sardor. Hozircha yangi kelishuv yo'q, ammo tez orada vaziyat o'zgarishi mumkin" - deyiladi matbuot-xizmati xabarida.

35 yoshli futbolchining shartnomasi mavsum oxirigacha belgilangan. Terri boshqa ingliz klubiga o'tmasligini, ammo faoliyatini davom ettirishini aytdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror