

Barcha turnirlarda o'tkazgan so'nggi 6 o'yinini inobatga oladigan bo'lsak, "Chelsi" ularda faqatgina bir g'alabaga erishdi.
"Aristokratlar" avvaliga YCHLda "Krasnodar" bilan 1:1 hisobida durang o'ynagan bo'lsa, keyinchalik "Everton" hamda "Vulverxempton"ga mag'lub bo'ldi.
Derbida "Vest Xem" mag'lub etilgach, navbatdagi derbida "Arsenal" ham "Chelsi"ni dog'da qoldirgandi.
"Chelsi" navbatdagi uchrashuvini 3 yanvar kuni "Manchester Siti"ga qarshi bahs olib boradi.



