

Ma'lum bo'lishicha, ingliz klubi rahbariyati tez orada Joze Mourinyoni haydab yuboradi. Oldinroq portugaliyalik vaziyatni to'g'irlashi uchun ikki o'yinga imkon berilgani xabar qilingan edi.
Agar Manchiniga Chempionlar ligasida ishtirok etuvchi boshqa klubdan taklif tushsa u "Inter" bilan shartnomani bekor qilishi mumkin. Kontening Italiya futbol federatsiyasi bilan shartnomasi 2016 yilgacha belgilangan.



