"Chelsi" "Manchester Siti" bilan o'yinda 4 himoyachisining xizmatidan foydalana olmaydi

Sherzod Nurmatov
14 yanv 2022, 22:21
Londonning "Chelsi" klubi APL 22-turi doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi uchrashuv arafasida kadrlar muammosiga duch kelmoqda.

Tomas Tuxel boshchiligidagi "aristokratlar" murabbiylar shtabi birdaniga to'rt nafar himoyachini yo'qotdi.

Andreas Kristensen (koronavirus), Trevor Chaloba, Ris Jeyms va Ben Chiluell (barchasi jarohat olgan) "shaharliklar" bilan bahsda ishtirok etmaydi.

"Siti"ning "Chelsi"ga qarshi o'yini 15 yanvarda Toshkent vaqti bilan 17:30 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football London