“Chelsi” London klublari rekordini takrorladi

25 yanv 2019, 09:35
Angliya liga kubogining ikkinchi yarim final o'yinida “Chelsi” o'z maydonida “Tottenxem”dan ustun kelib, finalga chiqdi.

Bu “ko'klar” uchun 8-marta Liga kubogi finaliga chiqish bo'ldi. Natijada “Chelsi” Londonning ikki klubi - “Arsenal” va “Tottenxem” o'rnatgan rekordni takrorladi. Ular ham vaqtida 8 martadan finalga chiqqandi.

Endi Mauricio Sarri shogirdlari 24 fevral kuni musobaqa g'olibligi uchun “Uembli”da “Manchester Siti” bilan bahsga kirishadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta