"Chelsi" klubning amerikalik biznesmen Boelining konsorciumiga sotilishini tasdiqladi

Alisher
28 may 2022, 13:37
"Chelsi" rahbariyati rasmiy saytda klubning sotilishi bo'yicha bayonotni chop etdi.

"Kecha tunda klubning Todd Boelining konsorciumiga sotilishi bo'yicha yakuniy kelishuvga erishildi. Bitimning dushanba kuni yakunlanishi kutilmoqda", - deyiladi klub xabarida.

London klubi 2003 yildan beri rossiyalik biznesmen Roman Abramovichga tegishli edi. U 2 martda klubni sotmoqchi ekanligini e'lon qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: chelseafc.com