"Chelsi" jarohatidan forig' bo'lgan futbolchisi bilan shartnomani uzaytiradi
Mirjalol Normatov
21 avg 2019, 19:58
"Chelsi" rahbariyati hujumchi Kallum Xadson-Odoi bilan yangi shartnoma imzolaydi.
"The Sun" xabariga ko'ra, futbolchining maoshi haftasiga 180 ming funtdan, 200 ming funtgacha ko'tariladi. Yangi shartnoma 2024 yilga qadar davom etadi.
Kallum Xadson-Odoi to'rt oylik jarohatdan so'ng yaqindagina mashg'ulotlarga qaytgandi.