"Chelsi" futbolchisi jarohat oldi

Mirjalol Normatov
4 dek 2018, 21:32
"Chelsi" himoyachisi Markos Alonso Angliya chempionati doirasida "Fulxem"ga qarshi o'yinda jarohat oldi.

Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, 27 yoshli ispaniyalik futbolchi APL doirasida "Vulverxempton"ga qarshi o'yingacha tiklanishga ulgurmaydi.

Yaqin kunlarda u tibbiy ko'rikdan o'tadi. Alonso bu mavsumda "Chelsi" tarkibida 14 o'yinda qatnashdi va 1 gol urib, 7 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports