

Nigeriyalik yarim himoyachi Viktor Mozes mavsum oxiriga qadar ijara asosida "Fenerbahche" sharafini himoya qiladi. Bu haqda Turkiya klubi matbuot hizmati xabar berdi. Shuningdek, shartnomada kelishuvni yana bir yilgacha uzaytirish mumkin degan bandi ham bor.
Ma'lumot uchun, Viktor Mozes 2012 yildan beri "aristokratlar" a'zosi hisoblanadi. Shu vaqtga qadar nigeriyalik futbolchi "Liverpul", "Stok Siti" va "Vest Xem" jamoalarida ham ijarada to'p tepgan.




