"Chelsi" darvozaboni "Tottenxem"ga o'tadimi?

Sherzod Nurmatov
23 noya 2022, 18:58
"Aristokratlar" posboni Eduar Mendi faoliyatini "Tottenxem"da davom ettirishi mumkin.

Nashrning yozishicha, "ko'klar" rahbariyati fransiyalik darvozabon Ugo Loris o'rniga 30 yoshli senegallik futbolchini transfer qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Mendi "Chelsi"ga 2020 yilning sentyabrida kelib qo'shilgan edi. Darvozabonning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portaliga ko'ra, darvozabonning narxi 25 million evroni tashkil qiladi.

Senegallik futbolchi joriy mavsum "Chelsi" safida APLda 9 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: 90 min