"Chelsi" Aspilikueta bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda

Alisher
15 sen 2021, 11:33
"Chelsi" himoyachi Sezar Aspilikueta bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

"Ko'klar" 32 yoshli ispaniyalikka bir yilga uzaytirish bandi bilan 2022/23 yilgi mavsum so'nggiga qadar shartnoma taklif qilishga tayyorlar.

Aspilikueta 2012 yildan beri "Chelsi"da o'ynaydi, futbolchining London klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira