"Chelsi", "Arsenal", "Yuventus" va "Liverpul" "Bavariya" futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
19 iyul 2017, 17:12
"Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller Yevropaning to'rtta top-klubi qiziqishlari doirasida.

27 yoshli futbolchiga "Chelsi", "Arsenal", "Yuventus" va "Liverpul" qiziqish bildirmoqda.

Futbolchi uchun asosiy nomzod "Liverpul"dir. "Qizillar" ustozi Yurgen Klopp Myullerni shaxsan jamoaga taklif qilgan. Nemis grandiga Xames Rodriges o'tganidan so'ng, forvardning ketishi haqida mish-mishlar paydo bo'ldi.

Tomas Myullerning "Bavariya" bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi. Oldinroq, myunxenliklar ustozi Karlo Anchelotti Xamesni Myuller o'rniga olmaganini aytgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport Bild