"Chelsi" "Arsenal" futbolchisini sotib olishga yaqin

Tolibjon Qosimov
14 avg 2017, 21:51
"Arsenal" yarim himoyachisi Aleks Oksleyd-Chemberlen "Chelsi"ga o'tishga yaqin.

"Evening Standard"ning xabar berishicha, "kanonirlar" 23 yoshli xavbekni sotish borasida muhokama o'tkazishmoqda. Muzokaralarning borishi tez orada kelishuv amalga oshishiga ishora qilmoqda.

Chemberlenning transfer summasi 35 million funtni tashkil etadi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: standard.co.uk