​“Chelsi” APLda 23 yil ichida ilk bor 4 ta gol farqi bilan yutqazdi

31 yanv 2019, 07:50
Londonning “Chelsi” klubi kecha APL 24-turi doirasida “Bornmut” maydoniga safar qildi va 0:4 hisobida mag'lub bo'ldi.

Jamoa so'nggi bor APL doirasida 4 ta gol farqi bilan 1996 yil sentyabrida mag'lub bo'lgandi. O'shanda klub “Liverpul”ga 1:5 hisobida yutqazib qo'ygandi.

“Ko'klar” shuningdek, safarda o'tkazilgan so'nggi uchta uchrashuvda mag'lubiyatga uchradi.

“Tottenxem”-“Chelsi” 1:0 (Liga kubogi)

“Arsenal”-“Chelsi” 2:0 (APL)

“Bornmut”-“Chelsi” 4:0 (APL)

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta