

Londonliklarning mag'lubiyatsiz seriyasi o'tgan mavsum Chempionlar ligasi finali bilan birgalikda sakkiztaga etdi.
Murabbiy Tomas Tuxel shogirdlari joriy mavsumni Yevropa superkubogidagi g'alaba bilan boshladi.
O'shandan beri "Chelsi" 6 o'yinda maydonga tushib, 5 g'alaba va bir durang qayd etgan.
"Aristokratlar" navbatdagi o'yinni Liga kubogi doirasida "Aston Villa", keyin esa "Manchester Siti"ga qarshi o'tkazadi.



