"Chelsi" 8 uchrashuvdan buyon mag'lubiyatga uchramayapti

Aslanov Jasurbek
20 sen 2021, 00:45
"Chelsi" Angliya chempionatida mehmonda "Tottenxem"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi.

Londonliklarning mag'lubiyatsiz seriyasi o'tgan mavsum Chempionlar ligasi finali bilan birgalikda sakkiztaga etdi.

Murabbiy Tomas Tuxel shogirdlari joriy mavsumni Yevropa superkubogidagi g'alaba bilan boshladi.

O'shandan beri "Chelsi" 6 o'yinda maydonga tushib, 5 g'alaba va bir durang qayd etgan.

"Aristokratlar" navbatdagi o'yinni Liga kubogi doirasida "Aston Villa", keyin esa "Manchester Siti"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia