Chalovni APLga ketishi haqiqatga yaqin

7 avg 2019, 21:55
"Kristal Pelas" SSKA hujumchisi Fyodor Chalovni o'z safiga qo'shib olishi mumkin.

Sport-Ekspressning ma'lumotiga ko'ra, transfer amalga oshishi haqiqatga yaqin. 21 yoshli forvard klubni tark etish kayfiyatida va imkoniyatlarini Angliyada sinab ko'rishni xohlamoqda. 

Angliyada transfer oynasi ertaga Toshkent vaqti bilan 21:00da yopiladi. Avvalroq, londonliklar Chalov uchun 20 mln funtdan ko'proq taklif qilishadi, deya xabar berilgandi. 

O'tgan mavsum Fyodor 15 ta gol bilan RPL chempionatida to'purar bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: sport-express.ru