"Buxoro" futbolchisi Qatar yoki Qozog'istonga ketishi mumkin

Narzulla Saydullayev
8 dek 2018, 12:10
"Buxoro" klubi yarim himoyachisi Arslonmurod Omonov keyingi yilni boshqa mamlakatda o'tkazishi mumkin.

Bu haqda www.championat.asia Turkmaniston futbol Federatsiyasi rasmiy saytiga tayanib xabar berdi.

2018 yil oxirida "Buxoro" bilan shartnomasi tugaydigan turkmanistonlik futbolchiga xorij chempionatlaridan takliflar bor. Ular orasida Qozog'iston va Qatar klublari bor. Bu xabarni Omonovning o'zi ham tasdiqladi.

Futbolchini "Ordabasi" klubi o'z safida ko'rmoqchi. Agar tomonlar kelishib olishsa, Arslonmurod yangi mavsumni Qozog'istonda boshlaydi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia