"Buxoro" 11 yildan keyin ilk bor quyi ligaga tushib ketdi, "Andijon" pley-offda o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
3 dek 2020, 16:00
2020 yilgi Superliga bahslari yakuniga etdi.

So'nggi turdan keyin quyi ligaga qaysi jamoa tushib ketishi aniq bo'ldi.

Olmaliqda AGMKga 1:3 hisobida yutqazgan "Buxoro" so'nggi o'rinda qoldi va Pro ligaga tushib ketdi. So'nggi bor "Buxoro" 2009 yilgi mavsumda quyi ligaga tushib ketgan va 2010 yilda elitaga qaytgandi.

13-o'rinni esa bugun "Paxtakor"ga mag'lub bo'lgan (0:2) "Andijon" egalladi va ligada qolish uchun pley-off bahsida "Neftchi"ga qarshi o'ynaydigan bo'ldi.

So'nggi turda o'z maydonida "So'g'diyona"ga yutqazgan (1:2) "Surxon" 12-o'rinni ham Superligadagi o'z o'rnini ham saqlab qoldi.

Eslatib o'tamiz, Pro ligada Yaypanning "Turon" klubi birinchi o'rinni oldi va Superligaga yo'llanmani qo'lga kiritdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia