"Bunyodkor": Tarbiyalanuvchilarimiz Qozog'istondan bosh sovrin bilan qaytishdi!

Narzulla Saydullayev
8 noya 2017, 14:00
Qozog'istonning Olma-ota shahrida 2006 yilda tavallud topgan bolalar o'rtasida xalqaro turnir bo'lib o'tdi.

Unda Qozog'istonning turli shaharlaridan tashrif buyurgan 9 jamoa qatorida Akmal Risqullaev boshqaruvidagi tarbiyalanuvchilarimiz ham ishtirok etishdi. Dastlab jamoalar 2 guruhga bo'lindi va undagi o'yinlar natijasiga ko'ra guruh g'oliblari final ishtirokchisiga aylanishdi. Yosh qaldirg'ochlar guruh bahslarida Olma-otaning “Feniks” (3:0) va “Qayrat” (2:1) jamoalari, “Oltoy” (3:2) hamda Ostonaning “Eagles” (7:0) klublarini mag'lub etib, finalga yo'l olishdi.

Bosh sovrin uchun bahsda ularga mezbonlar – “Aristan” jamoasi ro'baro' keldi. Hal qiluvchi bahsni ko'tarinki ruhda o'tkazgan tarbiyalanuvchilarimiz 4:0 hisobida zafar quchishdi va bosh sovrinni qo'lga kiritishdi. Shu tariqa “Bunyodkor-2006” xalqaro maydonda yurtimiz sharafini yana bir bor munosib himoya qildi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com