"Bunyodkor": Sato Minori 25-xorijlik futbolchi

Narzulla Saydullayev
7 apr 2014, 14:01
Oliy liga 4-turi doirasida “Bunyodkor” Samarqandda “Dinamo” jamoasini 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Uchrashuvning 67-daqiqasida “Bunyodkor” yarim himoyachisi Oleg Zoteev o'rniga yaponiyalik futbolchi Sato Minori maydonga tushdi. “Dinamo”ga qarshi kechgan bahs Satoning oliy ligadagi debyut uchrashuvi bo'ldi. E'tiborlisi, Sato Minori “qaldirg'ochlar” safida to'p tepgan xorijlik futbolchilar ro'yxatiga 25-raqam ostida kiritildi.

“Bunyodkor”da o'ynagan legioner futbolchilar haqida umumiy fikr bildiradigan bo'lsak, ularning eng ko'p qismini Yevropa qitasi vakillari tashkil etishadi: UEFAga (Yevropa qitasi) a'zo mamlakatlardan 13ta, KONMEBOL (Janubiy Amerika) 7ta, OFK (Osiyo) 4ta, KAF (Afrika) 1ta.

Quyidagi jadvalda “Bunyodkor” safida to'p tepgan xorijlik futbolchilar bilan tanishishingiz mumkin.

#

Futbolchi

Mamlakati

Ampluasi

O'yin

Gol

1

Rivaldo

Braziliya

Yarim himoyachi

80

43

2

Gochguli Gochguliev

Turkmaniston

Himoyachi

76

12

3

Joao Viktor

Braziliya

Yarim himoyachi

63

4

4

Edson Ramos

Braziliya

Himoyachi

61

3

5

Oleksandr Pishur

Ukraina

Hujumchi

47

28

6

Xose-Luis Vilyanueva

Chili

Hujumchi

47

27

7

Sergey Lushan

Rossiya

Yarim himoyachi

39

6

8

Slavolyub Jorjevich

Serbiya

Himoyachi

39

1

9

Milosh Trifunovich

Serbiya

Hujumchi

36

22

10

Yan Kozak

Slovakiya

Yarim himoyachi

36

7

11

Marko Blajich

Serbiya

Yarim himoyachi

33

3

12

Luizao

Braziliya

Himoyachi

28

2

13

Denilson

Braziliya

Hujumchi

26

10

14

Patrik Agbo

Nigeriya

Hujumchi

26

7

15

Stevica Ristich

Makedoniya

Hujumchi

24

18

16

Sasha Jorjevich

Serbiya

Himoyachi

16

17

Vitaliy Alikperov

Turkmaniston

Yarim himoyachi

15

18

Emil Kenjisariev

Qozog'iston

Himoyachi

13

19

Devid Karni

Avstraliya

Yarim himoyachi

13

1

20

Urosh Milosavlevich

Serbiya

Yarim himoyachi

8

21

Sergey Simonenko

Ukraina

Himoyachi

7

22

Boyan Kalevich

Chernogoriya

Hujumchi

6

23

Karles Koto

Ispaniya

Yarim himoyachi

5

24

Leomar Rodriges

Braziliya

Himoyachi

1

25

Sato Minori

Yaponiya

Yarim himoyachi

1


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com