“Bunyodkor” o'tgan yil o'z xarajatlarining necha foizini qoplay oldi? Ulug'bek Mirzaev javob berdi

Narzulla Saydullayev
23 may 2020, 14:11
“Bunyodkor” jamoasi o'z akademiyasi bilan nafaqat yurtimizda balki, markaziy Osiyoda ham yetakchi hisoblanadi.

Klub akademiyasidan chiqqan tarbiyalanuvchilarni xorij jamoalariga transfer qilinishi bilan bog'liq savolga bosh direktor Ulug'bek Mirzaev “Tezkor Studiya”da javob berib o'tdi.

“Eng ko'p va katta daromad keltiradigan yo'l biz uchun futbolchilarning transferidan hisoblanadi. Endi qancha daromad topishimiz haqidagi savolga keladigan bo'lsak, 2019 yil prezident qarorida ham keltirib o'tilgan 2020-2030 yillar oralig'ida klublarni o'zini o'zi taminlashni yo'lga qo'yishni boshlashi kerak. Bu juda oson emas. Chunki, muxlislarni kelishidan daromad deyarli tushmaydi. Translyatsiyalardan ham shunday.

O'zimizni homiylardan tushayotgan mablag'lardan tushumlar kelib turibdi. “Bunyodkor” jamoasi o'tgan yili o'z xarajatlarini 15-20 foizini qoplay oldi. Bu juda past ko'rsatkich demagan bo'lardim. Boisi, biz akademiyamizdagi B, S guruhlarimizga badal pullarini tashkil qilganmiz. Homiylar bilan ishladik. Bazi futbolchilarimiz transfer qilindi. Sardor Rashidovga o'xshagan futbolchilarni uch, to'rt yilda bir marta sotish mumkin”,- deydi mutaxassis Ulug'bek Mirzaev.


Kechagi "Tezkor studiya"ni quyida tomosha qilish mumkin:  



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia