Buni ko'rishingiz kerak! "Betis" yangi o'yinchisini GTA kompyuter o'yini uslubida tanishtirdi

Alisher
20 avg 2021, 12:07
"Betis" rasmiy sayti "Fiorentina" himoyachisi Xerman Peccelya bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi.

30 yoshli argentinalik bilan tuzilgan bitim to'rt mavsumga mo'ljallangan. OAV xabariga ko'ra, bitim narxi 4 mln evroni tashkil etgan. Oldinroq, Peccelya ispan klubida uch mavsum harakat qilgan.

Ispan klubi matbuot xizmati o'yinchini GTA kompyuter o'yini uslubida tanishtirdi.

[instagram]

[/instagram]

Peccelya o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 32ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: realbetisbalompie.es