Bundesliganing yulduz murabbiyi: "Qizlar maydonda yotib olib erkaklardek nolishmaydi..."
21 iyul 2017, 23:09
"Xoffenxaym"ning 29 yoshli bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann ayollar futboli erkaklarnikiga qaraganda qiziqarli ekanligini aytib o'tdi.
"Menga ayollar futboli ko'proq yoqadi. Chunki ularning o'yinlari haqiqatda qiziqarli. Qizlar maydonda yiqilib, hakamlarga nolishmaydi. Ular shunchaki o'rnilaridan turishadi va o'yinni davom ettirishadi", - deydi Negalsmann.