Bundesligada ilk marta qatnashayotgan klub "Borussiya D"ni mag'lubiyatga uchratdi

Eldor Akmurzayev
31 avg 2019, 23:30
Germaniya chempionatining 3-turida Union Berlin klubi Borussiya D bilan to'qnash kelib, sensacion tarzda g'alabaga erishdi.

Aytish joizki, berlinliklar Bundesligada ilk mavsumini o'tkazmoqda. Ushbu muvaffaqiyatsizlikdan keyin arilar 6 ochko bilan 6 pog'onaga tushib ketishdi. Union Berlin esa 4 ochko to'plagan holda 10-o'ringa ko'tarildi.


Union Berlin – Borussiya D 3:1 (1:1, 2:0)

Alte Fersteray

Gollar: 1:0 – 22 Byulter, 1:1 – 25 Pako Alkaser, 2:1 – 50 Byulter, 3:1 – 75 Andersson.

Union Berlin – Gikevich, Lenc, Trimmel, Subotich, Fridrix, Andrix, Shmidebax (Gentner, 63), Byulter (Mees, 76), Bekker, Udja (Kroos, 81), Andersson.

Borussiya D – Byurki, Xakimi, Pishchek, Akandji, Xummels, Vaygl (Gerreyru, 76), Sancho, Brandt (Bruun Larsen, 86), Dileyni (Daud, 46), Roys, Pako Alkaser.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia