

Anton Valdemar 44-daqiqada hisobni ochdi. Shundan so'ng mehmonlar o'yinchisi Yulian Nixyus 45+5 va 48-daqiqalarda to'p kiritib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo, dortmundliklar hujumchisi Seru Girassi 68 (penaltidan) va 69-daqiqalarda dubl qayd etib, “arilar”ga uch ochko olib berdi.





