Bugun U-20 Osiyo kubogiga qur'a tashlanadi!

Omonjon To`xtamirzayev
7 noya 2024
Bugun, 7 noyabr, Xitoyning Shenchjen shahrida Osiyo Kubogiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Jarayon Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da Xitoyning Shenchjen shahrida start oladi.

Jamoalar 4 ta savatchaga ajratilgan bo'lib, amaldagi musobaqa g'olibi O'zbekiston U-20 terma jamoasi 1-savatchadan o'rin olgan.


1-savatcha
Xitoy (musobaqa mezboni)
O'zbekiston
Iroq
Yaponiya

2-savatcha
Koreya Respublikasi
Avstraliya
Eron
Iordaniya

3-savatcha
Indoneziya
Saudiya Arabistoni
Suriya
Qirg'iz Respublikasi

4-savatcha
Qatar
Tailand
Yaman
KXDR

Ma'lumot o'rnida, mazkur musobaqa Chilida bo'lib o'tadigan 20 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi FIFA Jahon chempionatiga saralash vazifasini ham o'taydi. Musobaqaning eng yaxshi 4 ta jamoasi 2025-yilgi yoshlar o'rtasidagi mundialda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: UFA