

Ushbu bahsda mehmonlar bosh murabbiysiz o'ynashdi. Biroz avval saytimizda bu borada xabar ham chiqqandi.
Xo'sh, "So'g'diyona" U-21 bosh murabbiyi Rasul Hayitov nima uchun bugun qaydnomadan o'rin olmadi?
U-21 birinchiligi 1-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari U-21” – “So'g'diyona U-21” uchrashuvida “So'g'diyona U-21” bosh murabbiyi Rasul Xaitov o'zini nazorat qila olmay, maydonga tushib, raqib jamoasi va o'z jamoasi shaniga xaqoratli so'zlar ishlatgani uchun unga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish hamda jarima intizom chorasi belgilangandi.
Shu sababli "Qizilqum"ga qarshi bahsda qaydnomadan jamoa mamuri va massajchi joy oldi xolos.




