Bugun O'zbekiston U-20 terma jamoasi Osiyo kubogi saralash bahslaridagi ishtirokini boshlaydi

Khoja
23 sen 2024, 08:17
Xitoy Taypeyi mezbonlik qilayotgan U-20 Osiyo kubogi saralash bosqichining B guruhida kecha ilk uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

Unda Kambodja terma jamoasi yoshlari Nepalni 4:1 hisobida taslim qilgan bo'lsa, Bahrayn mezbon taypeyiliklardan kichik 1:0 natijasi bilan ustun keldi.

Bugun Farhod Nishonov boshchiligidagi O'zbekiston U-20 terma jamoasi saralashdagi ishtirokini boshlaydi. Vakillarimiz guruhda peshqadam bo'lib turgan Kambodja bilan bellashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 12:00da start oladi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia