Bugun O'zbekiston ayollar terma jamoasi Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi
Khoja
24 fev 2024
Parij-2024 Olimpiya o'yinlarining so'nggi saralash bosqichida O'zbekiston ayollar terma jamoasi Avstraliyaga qarshi bahs olib boradi.
Uchrashuv 14:00 da Bunyodkor stadionda bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, ushbu bosqich bahslari uy-safar tizimida tashkil etiladi va bu bosqich g'oliblari yozda bo'lib o'tadigan Olimpiadaga yo'llanmani qo'lga kiritadi.