Bugun "Metallurg" va "Nasaf" qaysi liboslarda o'ynashi ma'lum

Tolibjon Qosimov
12 iyun 2018, 11:26
Bugun Superligada 15-tur yakunlanadi.

Bekobodda "Metallurg" jamoasi "Nasaf"ni qabul qiladi. Uchrashuv "Metallurg" markaziy stadionida  soat 19:11da boshlanadi.

O'yin oldidan har ikkala klub rasmiylari ishtirokida miting bo'lib o'tdi. Bu haqda qarshiliklar matbuot xizmati xabar berdi. Unda uchrashuvni o'tkazish bo'yicha bir qator tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek jamoalar bugun qanday liboslarda maydonga tushishi ham aniq bo'ldi.

Unga ko'ra, "Metallurg" oq libosda maydonga tushsa, "Nasaf" futbolchilari ko'k libosda to'p tepishadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: fcnasaf.uz