Bugun 18:30. O'zbekiston - Ummon

Narzulla Saydullayev
9 yanv 2019, 09:38
Bugun O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogidagi o'z yurishini boshlaydi.

BAA mezbonlik qilayotgan musobaqaning 1-turida Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Ummon bilan kuch sinashadi. Bu uchrashuv Sharja shahridagi "Sharja" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan soat 17:30da (Toshkentda 18:30) boshlanadi.


Kecha ikkala jamoa murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. 

Ektor Kuper: "Ertaga muxlislarga yoqadigan o'yin ko'rsatamiz" 

Pim Verbek: "Osiyo Kubogi faqat O'zbekiston bilan o'yindan iborat emas, shuni yoddan chiqarmang"



Bundan tashqari jamoalar o'yin bo'ladigan stadionda rasmiy mashg'ulotni ham o'tkazishdi. 

Burgut nigoh Sardor va "Fantastik to'rtlik". FOTOMAQOLA

OK-2019. Ummon terma jamoasining O'zbekistonga qarshi o'yindan oldingi rasmiy mashg'ulotidan FOTOGALEREYA



Ayni paytda BAA mamlakatida bo'lib turgan saytimiz xodimlari Ummon bilan uchrashuvdan oldin o'ziga xos video tayyorlashdi.

Osiyo Kubogi-2019. Ummonga qarshi o'yin oldidan nimalarni bilishimiz kerak? (VIDEO)




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia