

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, 43 yoshli futbolchi jamoadagi o'rnidan qoniqmayapti. U jamoasida birinchi raqamli posbon bo'lishni istamoqda. Shu boisdan u boshqa takliflarni ko'rib chiqishga tayyorligini bildirgan. Oldinroq matbuot tomonidan Buffonning "Parma"ga qaytishi va faoliyatini o'sha yerda yakunlashi taxmin qilingandi.
Ushbu mavsumda Buffon A Seriyaning 5 o'yinida qatnashdi.



