"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte "Everton" (2:0) ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng fikrlarini bildirdi.
"Qanchalik qiyin o'yin o'tkazganimizga qaramay yigitlardan xursandman. Futbolchilarim bilan qo'limizdan kelgancha harakat qildik. Jamoam maydonda borini berib o'ynaganini ko'rdim. Ular uchun xursandman. Bu futbolchilarimning mukofoti",- deydi Konte.