

2015 yil Las Vegasda bo'lib o'tgan Jahon chempionati kumush medalini qo'lga kiritgan Ixtiyor Navro'zov o'zini futbolda sinab ko'rishga qaror qildi. Kurashchi "Olmaliq" - "Sho'rtan" o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib harakat qildi. Bu borada Igor Shkvirin quyidagi fikrlarni bildirdi:
"Ixtiyor Navro'zov O'zbekiston sharafini xalqaro maydonlarda himoya qiladi. U Jahon chempionati orqali Rio De Janeyrodagi Olimpiada o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Navro'zovni qo'llab-quvvatlash uchun maydonga tushirdik. Har holda u yakka sport turida ishtirok etadi, futbol esa jamoaviy o'yin. Shu bois biz uchun ham, Ixtiyor uchun ham qiziq bo'ldi. Maydonda 10-15 daqiqa harakat qildi. Aytish mumkinki yomon o'ynagani yo'q, har holda professional jamoaga qarshi o'ynadi. "Olmaliq" jamoasi Ixtiyor Navro'zovga Olimpiada o'yinlarida omad yor bo'lishini tilab qoladi. O'zbekistonlik sportchilarni doim qo'llab-quvvatlaymiz".









