

Bundan 7 kun oldin, 28 aprel kuni Maradona BAAning ikkinchi divizioni vakili "Al Fujayra" jamoasidan iste'foga chiqqandi.
Biroq oradan ikki hafta o'tib, u yangi shartnoma borasida kelishib olgani borasida ma'lumotlar tarqagandi. Yaqindagina klub rasmiy tvitteri xabar berishicha, Maradona "Al Fujayra"dan ketadi.
BAAning ayrim manbalariga ko'ra, Maradona klubdan maoshni to'rt baravarga ko'paytirishni talab qilgan. Shu boisdan klubdagilar argentinalikka kelgusi faoliyatida omadlar tilashgan.



