Bu qiziq. "Beshiktosh" futbolchisi tanaffus vaqtida ovqat egani uchun jamoadan chetlatildi

Narzulla Saydullayev
15 noya 2018, 13:09
"Beshiktosh" klubi yarim himoyachisi Tolgay Arslan bosh murabbiy Shenol Gyunesh tomonidan mashg'ulotlardan chetlatildi.

"Istanbul" bilan o'yin tanaffusida Arslan kiyim almashtirish xonasida guruch va go'sht tanovul qilayotganini murabbiy ko'rib qoldi. Bosh murabbiyning nega bunday qilding degan savoliga futbolchi shunday javob berdi: "Baribir meni maydonga tushurmayapsiz".

Jamoadan chetlatilishiga ikkinchi sabab sifatida – Arslanning evroda emas lirada maosh olishni istamayotgani ko'rsatildi.

Turkiya lirasi kursi so'nggi vaqtlarda juda keskin ravishda tushib ketdi.

Arslan oxirgi uchta o'yinda umuman maydonga tushmadi.  


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: hurriyet