Bu ko'rsatkich bo'yicha 2023 yilda "Barsa"ga etadigani yo'q. "Real" "Nicca" bilan, "Torino" esa MYU bilan teng

Omonjon To`xtamirzayev
1 yanv 2024, 14:24
"Barselona"ni tanqid qilishga shoshilmang!

Yevropa TOP-ligalarida 2023 yil yakunlariga ko'ra, "quruq" o'yinlar soni bo'yicha "Barselona"ga teng keladigan topilmadi.

Xavi boshchiligidagi jamoa 22 chempionatning bellashuvida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qola oldi.

Ikkinchi o'rinni "Inter" (21) egallagan bo'lsa, uchinchi – "Yuventus" (20).

"Nicca" va "Real" o'tgan yil davomida 19 tadan quruq o'yin o'tkazishdi, "Lacio"da 18 ta, "Liverpul", "Real Sosedad" va "Napoli"da 17 tadan "quruq" bahs, "Torino" va "Manchester Yunayted"da 16 tadan o'yin.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Squawka Football